• 20-Noyabr, 2025-yil 9:16

"Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro innovatsion universitetda  “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

✅ Tadbirda universitet rektori A.Mallayev, o'quv ishlari bo‘yicha prorektor T. Haydarov, universitet karyera markazi rahbari M.Saidov hamda “O‘zmilliybank” AJ Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasining “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri D.Suyunov ishtirok etishdi.

 

💬 Uchrashuv davomida bitiruvchilarga dastur imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar, yoshlar uchun yaratilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

➡️ Bank vakillari bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishlari uchun amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

📚 Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kelajakka qadam” dasturining yoshlar kasbiy rivojida tutgan o‘rni va imkoniyatlarini yuqori baholadilar.


Ulashish: