🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro innovatsion universitet Iqtisodiyot fakultetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Tadbirda universitet rektori A.Mallayev, o'quv ishlari bo‘yicha prorektor T. Haydarov, universitet karyera markazi rahbari M.Saidov, iqtisodiyot fakultet dekani I.Jo'rayev hamda “O‘zmilliybank” AJ Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasining “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri D.Suyunov ishtirok etishdi.
💬 Uchrashuv davomida bitiruvchilarga dastur imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar, yoshlar uchun yaratilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️ Bank vakillari bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishlari uchun amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
📚 Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kelajakka qadam” dasturining yoshlar kasbiy rivojida tutgan o‘rni va imkoniyatlarini yuqori baholadilar.
Uz
Ru
En