Xalqaro innovatsion universitetda "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi
📖 "Bir haftada bir kitob" tadbiri Abdurauf Fitratning "Hind sayyohining qissasi" asariga bag‘ishlandi.
📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, "O‘zbek filologiyasi va jurnalistika" kafedrasi o‘qituvchisi M.Ortiqova, D.Xurramova hamda universitet "Kitobxon klubi" a'zolari ishtirok etishdi.
📖 Tadbirda yozuvchining hayoti va ijodi, "Hind sayyohining qissasi" asarining mazmun-mohiyati tadbirda ishtirok etgan kitobxon talabalar tomonidan tahlil qilindi. Keyingi haftada yozuvchi Ulug'bek Hamdam "Ota" romani o‘qish uy vazifasi qilib berildi.
Ulashish: