• 14-Fevral, 2025-yil 10:46

"Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi

👍 Joriy yilning 10-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi 

📖 "Bir haftada bir kitob" tadbiri Chingiz Aytmatovning "Jamila" asariga bag'ishlandi. 

📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, yetakchi mutaxassis M.Boboyeva, O‘zbek filologiyasi va jurnalistika" kafedrasi o‘qituvchisi M.Ortiqova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

📖 Tadbirda yozuvchining hayoti va ijodi, "Jamila" asarining mazmun-mohiyati tadbirda ishtirok etgan kitobxon talabalar tomonidan tahlil qilindi. Keyingi haftada Mir Alisher Navoiy va shoh va shoir Bobur tavallud kuni munosabati bilan "Hazrat Navoiy, Shoh va shoir Boburga ehtirom" loyihasi doirasida daho ijodkorlarining g'azallarini yod olish uy vazifasi qilib berildi.


Ulashish: