Xalqaro innovatsion universitetda "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi
📖 "Bir haftada bir kitob" tadbiri Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Bobur tavallud kuni munosabati bilan "Hazrat Navoiy, Shoh va shoir Boburga ehtirom" mavzusida daho ijodkorlarining g'azallariga bag'ishlandi.
📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi katta-o‘qituvchisi D.Xurramova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
📖 Tadbirda daho ijodkorlarining hayoti va ijodi, nasriy va nazmiy asarlarining mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tilib, daho ijodkorlarining asarlari tadbirda ishtirok etgan kitobxon talabalar tomonidan tahlil qilindi. Keyingi haftada Isajon Sultonning "Bilga xoqon" (roman, hikoyalar va qissalar) dan iborat bo'lgan kitobini o'qish va tahlil qilish uy vazifasi qilib berildi.