• 2-Mart, 2025-yil 8:20

Kitobxon talaba loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi

Xalqaro innovatsion universitetda "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Bir haftada bir kitob" nomli tadbir bo'lib o'tdi 

📖 Bir haftada bir kitob loyihasi doirasida o'tkazilgan bugungi tadbir Isajon Sultonning "Bilga xoqon" (roman, hikoyalar va qissalar) dan iborat bo'lgan kitobiga bag'ishlandi.

📚 Tadbirda Axborot-resurs markazi mudiri A.Choriyeva, O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi katta-o‘qituvchilari M.Ortiqova, D.Xurramova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

📖 Tadbirda Isajon Sultonning hayoti va ijodi, asarlarining mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tilib,  tadbirda ishtirok etgan kitobxon talabalar tomonidan "Bilga xoqon" (roman, hikoyalar va qissalar) dan iborat bo'lgan kitobi tahlil qilindi. Keyingi haftada O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" asarini o'qish uy vazifasi qilib berildi.


Ulashish: