O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 3/15-1/9-151-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro Innovatsion Universiteti proffesor-o‘qituvchilariga Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi dotsenti J.Jabborov tomonidan “Konstitutsiyani yangilash zarurati va xalq konstitutsiyasining asosiy mazmun-mohiyati” to‘g‘risida ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Dotsent J.Jabborov o‘z so‘zida konstitutsiyaviy islohotlarda asosiy kuch bu xalq ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar bevosita xalqning takliflari asosida ishlab chiqilganligi, xalqning xohish irodasi bilan referendum orqali qabul qilinganligi yana bir muhim jihat ekanligi va fuqarolarga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo’lishi haqida o‘z fikirlarini bildirib o‘tdi.
Mazkur kurs orqali Xalqaro innovatsion universitetning proffesor-o‘qituvchilari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan muhim normalarga doir bilimlarini oshirish hamda amalda qoʻllay olish boʻyicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.