• 22-Yanvar, 2025-yil 13:27

Kredit-modul tizimi va uning mazmun mohiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Xalqaro innovatsion universitetda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-sonli buyrug‘iga asosan professor-o'qituvchilar uchun o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminar o'tkazildi.

🎓 Seminar davomida
HEMIS tizimining professor-o‘qituvchilar faoliyatini qulaylashtirishdagi afzalliklari, yangi funksiyalardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi.

🔆 Mazkur seminarlar professor-o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalari yanada oshirildi. Ushbu bilim va tajribalar universitetda ta’lim sifatini oshirish va talabalarga zamonaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.


Ulashish: