🔹 Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgan ushbu kechada "BRAVO" jamoasi a'zolari Otabek Mirzaxolov, Umid Umarov, O'tkirbek Maxmudov chiqishlari o'zining kulgili hazillari bilan talabalar tomonidan qiziqish bilan qarshi olindi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
🔸 Yoshlar oqshomi kechasi davomida talaba-yoshlar uchun ko‘ngilochar konsert dasturi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligidagi konsert dasturi talabalar uchun chinakamiga bayramona dastur sifatida e’tirof etildi.
Ulashish: