• 31-Yanvar, 2025-yil 16:16

Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi.

Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi.

Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik har bir xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet professor-o'qituvchilari o'z ish joylariga milliy liboslarda kelishdi va milliylikni targ'ib qilishdi.


Ulashish: