• 5-Fevral, 2025-yil 21:07

Mamlakatimizda yosh ayol-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish,

Mamlakatimizda yosh ayol-qizlarni ilmiy faoliyatga  keng jalb etish, ularning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoitlarni ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
  
🏫 O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 21-yanvar 2025-yil 03/42-163-sonli buyrug’iga asosan Yosh ayol qizlarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 4-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Olima qizlar klubi”  faoliyatini yo’lga qo’yishga bag'ishlangan kengash yig'ilishi bo’lib o’tdi. 

📚 Yig'ilishda kelgusidagi rejalar belgilab olindi, universitetda “Olima qizlar klubi” raisi hamda kotibi kengash a’zolar tomonidan saylab olindi.


Ulashish: