🏛 2025-yil 17–27-fevral kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbarlari uchun malaka oshirish o‘quv-seminari o'tkazilmoqda.
🏢 Mazkur seminarda Xalqaro innovatsion universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova ham ishtirok etmoqda.
📚 Seminarning asosiy maqsadi – oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyati, mafkuraviy immuniteti va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir.
Ulashish: