🏫 Joriy yilning 14-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🗣 Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Jabborov ochib berib, talaba-yoshlarga ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida muhim tushuncha va ko‘nikmalarni yetkazdi.
💬 Birinchi shartga ko‘ra, jamoalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotlar asosida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.“Adiblar hayoti” shartida esa Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan jadid adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar orqali boshqa ishtirokchilarga ham qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
💬 Ikkinchi shart – “Tezkor savol-javob” bosqichida jamoalar uyushgan holda savollarga aniq va qisqa tarzda javob berishdi.
💬 Uchinchi shartda esa talabalar adabiyot va san’atga bo‘lgan mehrlarini sahna orqali namoyon etishdi.
🏆 Tanlov yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇-o‘rin – “Hurriyat” jamoasi
🥈-o‘rin – “Ma’rifat yulduzlari” jamoasi
🥉-o‘rin – “Iqtisodiyot” jamoasi
G‘olib va ishtirokchi jamoalarga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Uz
Ru
En