Xalqaro Innovatsion Universiteti talabasi Marjona Koʻchimova (-78 kg vazn toifasi) Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi va bronza medalini qoʻlga kiritdi!
Bu yuksak natija nafaqat Marjona Kuchimovaning shaxsiy mehnati va matonatini, balki universitetimizda shakllanayotgan kuchli bilim, madaniyat va sport muhitining amaliy samarasini ham ifodalaydi.
🏆 Biz Marjona Koʻchimovani ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va undan kelajakda ham yanada katta gʻalabalarni kutib qolamiz!
👍 Xalqaro Innovatsion Universiteti – Sizning orzularingizga yetaklaydigan kuch!
                                                Ulashish:
                                            
                                             Uz
Uz
                     Ru
Ru
                     En
En
                     
                    