• 18-Mart, 2025-yil 13:15

Mehr va fidoyilik timsoli – muqaddas ayol

💐 Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. 

💐 Shu munosabat bilan, joriy yilning 7-mart kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

💐 Tadbirni Xalqaro innovatsion universitet rektori A.Mallayev ochib berdi va barcha ayollarni bu ulug‘ kun bilan muborakbod etdi. Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan barcha xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlariga bayram munosabati bilan gullar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Samimiy tabriklar, iliq tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat esa bayramga alohida fayz qo‘shdi.

🌺 Bayram muborak bo‘lsin aziz ayollar! 💐


Ulashish: