👍 Shu munosabat bilan, joriy yilning 14-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag‘ishlangan "Buyuk siymolarga ta'zim" nomli badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
😄 Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori F.Rajabova ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
😄 Tadbir davomida talabalar tomonidan namoyish etilgan sahna ko'rinishlari, tadbir qatnashuvchilariga Alisher Navoi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini ko'z oldida gavdalantirib, tarixga razm solish imkoniyatini taqdim etdi.