• 18-Dekabr, 2025-yil 10:39

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti”

Joriy yilning 20-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida “O‘zbekiston Respublikasi — Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusiga bag‘ishlangan keng qamrovli madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

🎉Festival davomida universitet hududi haqiqiy madaniyatlar chorrahasiga aylandi. Saxnada jahon xalqlarining rang-barang raqslari, kuy-qo‘shiqlari yangradi, milliy liboslar defilelari barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🤝 Tadbirning bosh maqsadi — yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, yoshlar tafakkurida bag‘rikenglik va birdamlik tamoyillarini yanada rivojlantirishdir.

📌Festival doirasida:
— milliy taomlar va amaliy san’at ko‘rgazmalari
— musiqa va ijodiy chiqishlar
— xalq hunarmandchiligi yarmarkasi
— madaniy integratsiya bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar
— do‘stlik, tinchlik va totuvlik mavzusida chiqishlar tashkil etildi.

📚 Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida xalqaro madaniy muloqotning ahamiyati, yoshlar orasida bag‘rikenglikni mustahkamlash kabi mavzularda fikr almashildi.

✨ Bunday tadbirlar turli millat vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli jamiyat sifatidagi yuksak qadriyatlarini yana bir bor namoyon etadi.


Ulashish: