🏹 Joriy yilning 27-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Milliy libos — millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” shiori ostida milliy va zamonaviy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
🏌️♀️ Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan tadbir xotin-qizlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlodni ana shu qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar orasida kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir.
🏋️♂️ Milliy an’analar, o‘zbekona qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu liboslar barchaga manzur bo‘ldi.. Qolaversa, bu kabi liboslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizda milliy qadriyat va milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
Uz
Ru
En