🎓 Joriy yilning 17-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi M.To'qliyeva tomonidan Sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalariga "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanidan "Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashini shakllantirish" mavzusida ochiq amaliy dars o'tkazildi.
📚 Ochiq darsda talabalarga yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o‘rni beqiyosligi, ular nafaqat o‘zlikni anglash, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topish borasida katta ahamiyatga ega ekanligi haqida ma'lumot va tavsiyalar berib o'tildi.
🔆 Dars davomida talabalar tomonidan milliy urf-odatlarimizni namoyon etuvchi sahna ko'rinishlari ham tashkil etildi.
Ulashish: