📚 Joriy yilning 5-aprel kuni Muborak tumanidagi 1- va 5-umumtaʼlim maktablarida “Ilmli qiz – jamiyat koʻrki” mavzusida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
🎥 Ushbu tadbirda Xalqaro innovatsion universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova, viloyatimizdagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar ishtirok etdilar.
📌 Muloqotlar davomida yoshlarning ilm olishlari yoʻlida yaratilgan imkoniyatlar, xotin-qizlar uchun imtiyozlar, bilimli boʻlish masʼuliyati va buning jamiyat uchun ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
🔆 Davra suhbati davomida maktablardagi o‘qituvchilar, o‘quvchilar ham oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o‘tdilar.