📖 Joriy yilning 21-aprel kuni Xalqaro innovatsion universitetda “Marifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o‘rtog‘i, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, adiba va shoira Nazira as-Salom bilan uchrashuv tashkil etildi.
📚 Uzoq-yaqindan bir qancha mehmonlar ham tashrif buyurishdi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari K.Karamova, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Qashqadaryo teleradiokompaniyasi hamda shoirning Buxorolik muxlislari tashrifi uchrashuvni yanada boyitdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
📔 Tadbir davomida talabalar tomonidan Muhammad Yusuf she'rlari o'qildi, jonli ijroda qo'shiqlar yangradi. “El ardoqlagan shoir” deb nomlangan talabalar tomonidan tayyorlangan dastur kelgan mehmonlarga juda manzur bo'ldi.