• 15-Sentabr, 2025-yil 11:33

Mustaqillik darsi — talabalik hayotining ilk saboqlari!

🎓Bugun, Xalqaro innovatsion universitetda 1-kurs talabalari uchun yangi o'quv yili boshlandi. “Krеdit ta'lim tizimiga kirish” haftaligi doirasida hamda “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida talabalar uchun dastlab Mustaqillik darslari tashkil qilindi.

🎓Mustaqillik darslari davomida yoshlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga bеrilayotgan e'tibor va ularni munosib ta'lim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so'z yuritildi. 

🎓 Ushbu darslar yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar va fuqarolik masʻuliyati haqida chuqur tasavvur shakllantirishga xizmat qilmoqda. 


Ulashish: