👍 Joriy yilning 7-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati" noan’anaviy kreativ xotin-qizlar forumi bo'lib o'tdi.
🎓 Forumda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan, ilm-fan va startaplar bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh xotin-qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldilar, balki spikerlar bilan o‘z loyihalarini boshlash uchun zarur bo‘lgan maslahatlar ham olishdi.
📚 Forum davomida ishtirokchilar ilmiy loyihalar, startaplar va ijtimoiy o‘zgarishlarni yaratishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, xotin-qizlarning texnologiyalar va ijtimoiy faollikdagi o‘rni hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.
Ulashish: