🔹 Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika kafedrasi tashkilotchiligida “Nodavlatoliy ta’lim taraqqiyotining innovatsion masalalari: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi
🔹 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiada bir necha xorijiy davlatlardan va Respublikamizning taniqli professor-o'qituvchilari ishtirok etishdilar.
🔸 Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar samaradorligini oshirish, ta’lim sohasini rivojlantirishda xalqaro munosabatlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy
tajribalarni tadbiq etishdan iborat.
🔹 Bu borada yoshlarni keng jalb etish,professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, murakkkab va kengko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir yetuk olimlarni tarbiyalash, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish nazarda tutilgan edi.