📖 Joriy yilning 5-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan jadidchilik harakatining yetakchi vakili, dramaturg, olim, pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi, jadidchilik faoliyatini talabalar ongiga singdirish maqsadida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
✏️ Seminarda Turon universieti professori, olim va dramaturg, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni sohibi N.Shodmonov hamda O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
📚 Seminar davomida professor N.Shodmonov, dots Sh.Qahharova, Sh.Qorayev Behbudiying serqirra ijodi, mashaqqatli hayot yo‘li to‘g‘risida maruza qildilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
📚 Ma’lumot o'rnida aytish joizki, proffessor N.SHodmonov Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, jadidchilik faoliyati yoritilgan yangi drama ustida ishlayabtilar.