• 16-Mart, 2024-yil 14:10

O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, professor Abdushukur Xamzayevlar ishtirokida "Ekologiya va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi

🌳Joriy yilning 15-mart kuni Xalqaro innovatsion universiteti hamda O'zbekiston ekologik partiyasi hamkorlikda "2024-yil — Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" munosabati bilan yoshlarni har tomonlama qo'llab -quvvatlash, ularning fikr va takliflarini o'rganish maqsadida O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, professor Abdushukur Xamzayevlar ishtirokida "Ekologiya va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ochiq muloqotda Xalqaro innovatsion universiteti rektori U.D.Ortiqov, O'zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi N.Xalimov hamda Xalqaro innovatsion universiteti, Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik instituti talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Тadbir davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy maqsad va g‘oyalari keng targ‘ib qilindi. "Yashil makon" umummilliy loyihasi tadbirlarida faollik ko‘rsatgan, partiya a’zolari safini kengaytirishda va partiya faoliyatini keng yoritgan bir qator xodim va talaba yoshlar taqdirlandi.


Ulashish: