• 1-Mart, 2025-yil 15:40

O‘zbekiston Ekologik partiyasining talaba-yoshlar bilan uchrashuvi

Xalqaro innovatsion universitetda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi faollari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌳 So‘zga chiqqanlar mavjud ekologik muammolar haqida gapirib, 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishi mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal qilish orqali iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan bir necha muhim omilga asoslanganini aytishdi.

✅ Muloqotlar jarayonida talabalar tomonidan sohaga oid savollar o‘rtaga tashlandi va ekologik muammolarning oldini olish, ularni bartaraf etishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.


Ulashish: