✔️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limining 2024-yil 14-dekabrdagi №27/2-413-sonli nazorat varaqasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 29-noyabrdagi 2/2-son qo‘shma qarori ta'minlash maqsadida, joriy yilning 20-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar turar joyi"da "Yod tanqisligi kasalligini oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✔️ Tadbir davomida RID va KIATM Qashqadaryo filiali dispanser bo‘limi shifokori X.Toshmurodov yod tanqisligining oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. U yodning organizm uchun zarurligi, uning yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar haqida tushuntirishlar berdi va yodga boy oziq-ovqatlar, shuningdek, yod qo‘shimchalarini qabul qilishning ahamiyatini ta'kidladi.
🔆 Bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, shuningdek, salomatlikni saqlashga oid muhim bilimlarni oshirishga yordam berdi.