Xalqaro innovatsion universitetning Tarix va filologiya fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning faol ishtirokida “Baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir fakultet faollar zalida o‘tkazilib, qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan yanada tantanali ruhda davom etdi. Bayramona shukuhga boy dastur ishtirokchilarda yuksak kayfiyat uyg‘otdi.
Tadbir talabalarda Konstitutsiyaga bo‘lgan hurmat, fuqarolik mas’uliyati va milliy qadriyatlarni e’zozlash tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Ulashish:
Uz
Ru
En