• 18-Dekabr, 2025-yil 10:36

“O‘zbekiston Respublikasi — Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti”

Joriy yilning 20-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida “O‘zbekiston Respublikasi — Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusiga bag‘ishlangan keng qamrovli madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida “Eng yaxshi milliylik aks etgan fakultet” nominatsiyasini qo'lga kiritgan"Iqtisodiyot" fakulteti bo'ldi. Fakultet jamoasining milliy qadriyatlarni yorqin ifodalagan badiiy chiqishlari, ijodkorligi va faolligi festivalga alohida ruh bag‘ishladi.


Ulashish: