• 24-Yanvar, 2025-yil 17:05

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-yanvardagi.

🎓 O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 14-yanvardagi 01/15-87-sonli xatida ko'rsatigan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 21-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet Axborot-resurs markazida "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarish, talaba yoshlar o'rtasida kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida oliy ta'lim muassasalari talabalariga o'qish uchun tavsiya etilgan eng sara kitoblar universitetning talabalari tomonidan ommaviy mutolaa qilinishiga qaratilgan badiiy asarlar targ'iboti  tadbiri o'tkazildi.

📚 Tadbirda ARM yetakchi mutaxassisi M.Boboyeva talabalar uchun o'qish uchun tavsiya etilgan kitoblar ro'yxatini taqdim etdi. Ushbu kitoblar nafaqat talabalarga ilmiy bilimlarni oshirishda yordam beradi, balki ularning madaniyati, badiiy tafakkuri va dunyoqarashini ham kengaytiradi.

📖 Bugun bitta kitob o‘qigan bola, ertaga televizor ko‘rib o‘tirgan o‘nta bolani boshqarishi mumkin.
                     
                            SH.Mirziyoyev                                                                                                  


Ulashish: