Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 9-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitetda guruh murabbiylari tomonidan o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Ma'rifat darsi" o'tkazildi.
Mazkur dars davomida talaba-yoshlarga Qurolli Kuchlar tarixi, uning mamlakat mudofaa tizimidagi oʻrni, shuningdek, Vatan himoyasiga bo'lgan mas'uliyat haqida keng ma'lumot berildi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatning mustahkam mudofaa salohiyatini rivojlantirish, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yoshlarning Qurolli Kuchlar va ularning tuzilishi, o'quv jarayonlaridagi roli haqida yanada chuqurroq tushunchalarga ega bo'lishlariga xizmat qildi.