• 23-Yanvar, 2025-yil 19:24

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 10-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitetda xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar ishtirokida "Harbiy-vatanparvarlik" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Mudofaa vazirligi faxriylari kengashi raisi, iste'fodagi podpolkovnik G'.Umurqulov, hamda iste'fodagi podpolkovnik A.Raxmatov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i A.Musurmonov, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari J.Egamberdiyev, “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar o‘zlarining hayoti, xizmatdagi tajribalari va muvaffaqiyatlari haqida gapirib o‘tdilar. Ular o‘zlarining xalqaro armiya o‘yinlarida erishgan g‘alabalari, qiyinchiliklar va ularga qarshi kurashish usullari haqida so‘zlab berdilar.

Ularning hikoyalari yoshlarni ruhlantirib, ularga harbiy xizmatning nafaqat kuch va jasorat, balki mas'uliyat, mehnatsevarlik va o‘z o‘rnida xalqiga xizmat qilishning ahamiyatini tushuntirishga yordam berdi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarining mehnatlari, o‘rganilgan tajribalari va yutuqlari orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shdilar.


Ulashish: