Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bir vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq namoyishi, vatanparvarlik festivali va bayroq paradi tantanali ravishda tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhini yanada oshirish, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad — Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik ruhini keng targ‘ib qilishdir.
Tadbirda Xalqaro innovatsion universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zining yuksak fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorligi va Vatanga sadoqatini amalda namoyon qildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, bayroq bilan ijodiy kompozitsiyalar hamda vatanparvarlik ruhidagi ko‘rgazmali chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ushbu jarayon nafaqat yoshlarning birligini mustahkamladi, balki Davlat bayrog‘imizga bo‘lgan faxr va hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirdi. Tadbir ishtirokchilari ushbu sana har bir vatandosh uchun muqaddas ekanini, bayrog‘imiz ostida birlashish esa yurt ravnaqi uchun xizmat qilishning ramzi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
Uz
Ru
En