Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi va "Zakovat" intellektual klubi NNT Qashqadaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida talaba-yoshlar o'rtasida “Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
🏆 Ushbu bilimlar bellashuvida Qashqadaryo viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
👍 Xalqaro innovatsion universitet jamoasi ham ushbu intellektual o‘yinda faol ishtirok etdi. Ularning qatnashuvi, talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlikga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga va Yangi O‘zbekiston armiyasining ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishga xizmat qildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni targ‘ib qilish va bilimli avlodni tarbiyalash borasidagi yuksak maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutdi.