Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi N.Nazarova tomonidan Sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalariga "Yunogogika" fanidan "Volontyorlik va volontyor guruhlar bilan tashkil etiladigan faoliyat" mavzusida ochiq amaliy dars o'tkazildi.
📚 Mazkur ochiq darsda N.Nazarova O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning maqsad va vazifalari haqida talabalarga keng tushunchalar berib o‘tib, bu faoliyat bo‘yicha qiziqarli roliklar talabalar e’tiboriga taqdim etdi.
🔆 Mashg'ulot davomida talabalar tomonidan tayyorlangan zamonaviy ko'rgazmali qurollar hamda qiziqarli savol-javob, viktorina o'yinlari talabalarning bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlandi. Bu kabi darslar talabalarning kelajakda o'z sohalarining yetuk vakillari bo'lishida xizmat qiladi.