Xalqaro innovatsion universitetining "Pedagogika va iqtisodiyot" fakulteti reja-grafigiga asosan 1-kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
🎓 Tadbirlarda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, "Pedagogika va iqtisodiyot" fakulteti dekani F.Saidov, "Pedagogika" kafedrasi mudiri A.Ochilov, "Iqtisodiyot va moliya" kafedrasi mudiri E.Muyitdinov va ota-onalarning fikr-mulohazalari eshitildi.
📚 Muloqotda mas'ullar tomonidan talabalar uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashaydigan talabalar bilan uzviy aloqa hamda xavfsiz hudud – xavfsiz talaba tamoyili doirasida universitetda olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi.
✔️ Yig‘ilishda, shuningdek, ota-onalar oliy ta’lim sohasidagi yangilik, o‘zgarish va imtiyozlardan boxabar qilindi. Faol talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.