• 7-Avgust, 2025-yil 9:06

Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 4-avgust kuni Xalqaro innovatsion universitetida Prezident hamda nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilayotgan iqtidorli talabalar ishtirokida tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi.

🔺 Tadbir avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.Rajabova stipendiyalar mazmuni, tanlov bosqichlari va talablari haqida ma’lumot berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

➡️ Nomzodlar  O'zbekiston tarixi, chet tili fanlaridan maxsus sinovdan o'tishdi. Komissiya a'zolari tomonidan nomzodlar o'qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatidagi muvaffaqiyalari, mazkur fanlardan bilim darajasi, faolligini inobatga olgan holda baholab borildi.


Ulashish: