Xalqaro innovatsion universitet Psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi M.Ergasheva tomonidan Sirtqi ta'lim yo'nalishi talabalariga "Umumiy psixologiya" fanidan "Tafakkur tahliliga kognitiv yondoshuv.Tafakkur filo, sotsio va ontogenezi" mavzusida ochiq amaliy dars o'tkazildi.
📚 Ochiq darsda talabalarga tafakkur jarayonining kognitiv yondoshuv orqali tahlil qilinishi haqida chuqur tushunchalar berildi. Kognitiv yondoshuv, ya'ni tafakkurni ma'lumotni qayta ishlash va tasavvurlar orqali tushunish usuli, talabalarni tafakkur jarayonlarini yanada samarali o‘rganishga yo‘naltirdi.
💡 Mashg'ulot davomida talabalar guruxlarga bo‘linib, qiziqarli so‘rovnomalar, psixologik o‘yinlar orqali bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamladi.
Ulashish: