Xalqaro innovatsion universitet "Psixologiya va jismoniy madaniyat" kafedrasi professor-o'qituvchilari S.Ibragimov, B.Nazarov, R.Zikirov tashabbusi bilan o'ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida "Xo'ja jarroh yodgorlik majmuasi"ga tashrif buyurdi.
📖 Qarshi shahridagi me'moriy yodgorlik majmuasi XIV asrga oid bo'lib, ulug' sarkarda Amir Temur tomonidan Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib dafn qildirilgan va u yerda maqbara qurilgan.
📖 Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida tarixiy maskanlar, muzeylar kabi diqqatga sazovor joylarning hissasi beqiyos.