• 31-Yanvar, 2025-yil 15:25

Psixologiya va jismoniy madaniyat" kafedrasi psixolog professor-o'qituvchilari tomonidan

👍 Ayni vaqtda, Xalqaro innovatsion universitet "Psixologiya va jismoniy madaniyat" kafedrasi psixolog professor-o'qituvchilari tomonidan Muborak va Kasbi tumanlarida ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan mahallalarda “boqimandalik” kayfiyatiga tushib qolgan fuqarolar o‘rtasida seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

🔆 Ushbu seminar-treninglarda hududlarda bugungi kunda kambag‘allikni keltirib chiqarayotgan omillar, ya’ni tabiiy shart-sharoitlar, sog‘liqning yomonlashishi, ijtimoiy jihatlar, iqtisodiy hamda ekologik jihatlar to‘g‘risida ochiq muloqot qilinmoqda.

✅ Mazkur o‘quv-amaliy seminar kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z hududlarida bu uslub va yondashuvlardan samarali foydalanishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Ulashish: