• 21-Yanvar, 2025-yil 13:34

Qarshi shahrida yana bir zamonaviy universitet binosi qad rostlamoqda

Qarshidagi Xalqaro innovatsion universitet 2022 yilda tashkil etilgan boʼlib, hozirda 5000 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Аzimov va nuroniylar universitetda boshlangan qurilish ishlari bilan tanishib, yangi bino poydevoriga tamal toshi qoʼyish marosimida ishtirok etishdi. (https://t.me/qashmatbuot/7525) 

Prezidentimiz yaratib bergan shart-sharoit hamda imtiyozlardan oqilona foydalanayotgan tashabbuskorlarga, quruvchilarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Universitetning loyiha qiymati 170 mlrd. soʼmni tashkil qilib, unda bir vaqtning oʼzida 5000 nafar, 2 smenada esa 10000 nafar talabalarga bakalavriat va magistratura yoʼnalishlarida bilim beriladi. Universitetda IT texnologiyalari boʼyicha rezidentsiya ochilgan boʼlib, unda xalqaro sertifikatlar beriladi. Hozirda universitetda “Dual taʼlim” yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, kommunal yoʼnalishda talabalar oʼqishni bitirganidan soʼng ish bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, universitetning ikkinchi loyihasi boʼlgan “SURXON PLAS DECOR” MCHJ qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasiga 20 mln. dollar (https://t.me/qashmatbuot/7523?single)dan ziyod investitsiya mablagʼi kiritish rejalashtirilgan boʼlib, 20 turdan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqarish koʼzda tutilgan. 

Ushbu korxonada Xalqaro innovatsion universitetda yoʼlga qoʼyilgan “Dual taʼlim” boʼyicha talabalar toʼliq bilim mahoratlarini oshirib borishadi.


Ulashish: