#hamkorlik
2024-yilning 5 aprel kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi Ozoda Kaxxarova tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 30-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘zaro tajriba almashinuv va hamkorlikka asoslangan “O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik metodlar asosida tashkil etish” mavzusida o‘quv seminar (master klass) tashkil etildi.
➡️Ushbu seminarda tashkilotning barcha pedagogik jamoasi, tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari hamda Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 22-01-K guruh talabalari ishtirok etdi. Talabalar tomonidan muassasa tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlagan seminar trening ishtirokchilarga katta taassurot uyg'otdi.
➡️Master-klassning ikkinchi qismida Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) G.Berdiyeva tomonidan "3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning psixologik rivojlanishi" mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzadan so'ng mazkur kafedra o'qituvchisi Sh.Eshpo'latova hamda universitet psixologi M.Rustamova tomonidan tashkilot ishchi-xodimlariga "Ish jarayonidagi stresni bartaraf etish yo'llari" mavzusida psixologik-trening o'tkazishdi.
✅Mazkur seminar-trening bahs-munozaraga boy tarzda o‘tkazildi va ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik davomiyligi uchun bevosita xizmat qiladi.
📱 Telegram (https://t.me/xalqaro_innovatsion_universiteti) 🌐 xiuedu.uz (https://xiuedu.uz/)
(https://qarshidu.uz/uz)✅ (https://qarshidu.uz/uz)Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100090241119598&mibextid=LQQJ4d) 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/xiu_edu.uz)
🎞 Youtube (https://www.youtube.com/@xiu_youtube)