• 5-Fevral, 2025-yil 21:20

Qashqadaryo tajribasi: "Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati" noan’anaviy kreativ xotin-qizlar forumida ishtirok eting!

🟢 Yangi format, yangi imkoniyatlar!  
Siz o‘zingizni kelajakning eng ilg'or  yetakchisi sifatida tasavvur qilganmisiz? Ta’lim, ilm-fan, startaplar yoki xalqaro loyihalar bilan shug‘ullanishni xohlaysizmi? 

Noan’anaviy Kreativ Xotin-qizlar Forumi – bu g‘oyalaringizga hayot baxsh etuvchi muhit!  

🔅 Forumning asosiy maqsadi:  
📎 Ilmiy loyihalarni rivojlantirish va xalqaro miqyosga olib chiqish  
📎 Startaplar va innovatsiyalar orqali ijtimoiy o‘zgarishlar yaratish  
📎Xotin-qizlarning texnologiyalar va ijtimoiy faollik sohasidagi ishtirokini oshirish  
📎Muvaffaqiyatli ayollar bilan muloqot qilish va ulardan ilhom olish  

🎤 Kimlar ishtirok eta oladi?  
14-30 yoshdagi barcha tashabbuskor, innovatsion va kreativ xotin-qizlar!  Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xalqaro Innovatsion Universiteti da 7-fevral, 10:00 da

✅ Nega aynan siz ishtirok etishingiz kerak?  
🟢Yangi bilim va ko‘nikmalar orttirasiz  
🟢Netvorking va hamfikrlar bilan uchrashish imkoniga ega bo’lasiz
🟢G‘oliblarga maxsus sovg‘alar va grant imkoniyatlari taqdim etiladi
🟢Tajribali mentorlar ko‘magida o‘z loyihangizni boshlashingiz mumkin

📌 Forumda qatnashish uchun qo‘shimcha ma’lumot: 
Telegram: @kreativforum_qabul

✅ Kreativ forum tashkilotchilar:  Xalqaro Innovatsion Universitet hamda, "Kelajak: Ilmli Qizlar Hamjamiyati" ta’lim-almashinuv dasturi.

Forumda ishtirok etish bepul, barchangizni kutamiz!


Ulashish: