👍 Xalqaro innovatsion universitet jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash, yoshlarni sportga jalb etish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatida “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” uchun voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Qarshi shahridagi Olimpiya va Paralimpiya tayyorlash markazida o‘tkazilgan musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar jamoalari ishtirok etdi. Unda 8 ta o‘g‘il bolalar va 4 ta qizlar terma jamoalari o‘zaro bellashdi.
Musobaqa yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sportga mehr va qiziqishini kuchaytirish, do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Endi e’tiboringizni faxrli o‘rin egalariga qaratamiz:
🎙 O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
Faxrli uchinchi o‘rinni — Qarshi davlat universiteti jamoasi,
Faxrli ikkinchi o‘rinni — DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi,
Faxrli birinchi o‘rinni esa — Xalqaro innovatsion universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi!
🎙 Qizlar o‘rtasida:
Faxrli uchinchi o‘rinni — Iqtisodiyot va pedagogika universiteti jamoasi,
Faxrli ikkinchi o‘rinni — Xalqaro innovatsion universiteti jamoasi,
Faxrli birinchi o‘rinni esa — Qarshi davlat universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi!
G‘olib va sovrindor jamoalarga “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi”, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, ularni jismonan baquvvat, maqsadga intiluvchan va vatanparvar shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
⚡️Biz ularning yutuqlarini qutlaymiz va kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishlariga ishonamiz!
Uz
Ru
En