📖 Qatag'on qurbonlari xotirasini e'zozlash, xalq ozodligi yo'lida jon fido etgan ajdodlarimizni yod etish maqsadida, joriy yilning 5-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet "Pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari M.Zoirova, G,Eshboyevalar tashabbusi bilan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan "Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi"ga sayohat tashkil etildi.
🇺🇿 Ekskursiya davomida talaba-yoshlar vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimizning faoliyati va merosi bilan yaqindan tanishishdi.
Ulashish: