📖 Qatag'on qurbonlari xotirasini e'zozlash, xalq ozodligi yo'lida jon fido etgan ajdodlarimizni yod etish maqsadida, joriy yilning 12-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Xorijiy filologiya kafedrasi o'qituvchisi A.Usmonov tashabbusi bilan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan "Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi"ga sayohat tashkil etildi.
📖 Ekskursiya davomida talaba-yoshlar vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimizning faoliyati va merosi bilan yaqindan tanishishdi.
Ulashish: