• 6-Fevral, 2024-yil 14:27

Qobiliyatlarni aniqlash va hayotda o‘z o‘rnini topish, Art-terapiya

XIU talabalari uchun  universitet psixologi Muxlisa Rustamova tashabbusi bilan “Qobiliyatlarni aniqlash va hayotda o‘z o‘rnini topish, Art-terapiya” mavzusida trening tashkil etildi. Trening davomida talabalarning qobilyat va qiziqishlar haqida sõraldi. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shuningdek, talabalarda Art-terapiyasi haqida tushunchalarni slaydlar orqali tushuntirib õtildi.  Art-terapiya - sanʼat va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yoʻnalishlaridan biri. Art-terapiya psixo-emotsional holatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 

Tadbir yakunida Art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini-oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.


Ulashish: