🎭 Xabar berganimizdek, Joriy yilning 12-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovining fakultetlar o'rtasida universitet bosqichi musobaqasi o'tkazildi.
🎭 Pedagogika va iqtisodiyot fakulteti "Katta bolalar", Tarix va filologiya fakulteti "Dekan jiyanlari" jamoalari tomonidan talabalar hayoti hamda o‘quv jarayonlaridagi qiziqarli vaziyatlarga bag‘ishlab qilgan hazillari, sahnaviy chiqishlari tomoshabinlarning katta qiziqishi hamda olqishiga sazovor bo‘ldi.
🏆 Mazkur ko'rik-tanlovda Tarix va filologiya fakulteti "Dekan jiyanlari" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ulashish: