👍 Joriy yilning 10-noyabr kuni Xalqaro innovatsion universitetida universitet tasischisi Q. Mamataliyev, rektor A. Mallayev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Jabborov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T. Haydarov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O‘. Maxmudov, shuningdek, guruh sardorlari va faol talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
☄️Uchrashuv davomida talabalar bilan o‘quv jarayonlariga oid yangiliklarni muhokama qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash, shuningdek, muhim sanalarga bag‘ishlangan yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔆 Uchrashuv yakunida guruh sardorlari o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Uz
Ru
En